Savdo maydonlari va parkovkalar

Joyni telefoningizdan band qiling

Kalendardan kunni tanlaysiz — bo‘sh joy avtomatik beriladi. Onlayn to‘laysiz, soliq cheki Telegramga keladi. Kirishda kamera raqamingizni o‘qiydi va shlagbaum o‘zi ochiladi.

Payme · Click · Paynet · kassada naqd — har birida rasmiy soliq cheki

Bron tasdiqlandi To‘langan
01 A 123 BC UZ
Sana
Seshanba, 10:00 – 18:00
To‘lov
30 000 so‘m · Payme
Soliq cheki
Telegramga yuborildi
8 900+ro‘yxatdagi avtomobil
4 100+foydalanuvchi
24/7onlayn bron

Mijoz uchun: uch qadam

Birinchi marta — 2 daqiqa, keyingi safar — bir necha bosish.

01

Avtomobilni qo‘shing

Marka, model va davlat raqami. Bir raqam — bitta hisobda.

02

Kunni tanlang

Kalendarda bo‘sh kunlar ko‘rinadi, qolganini tizim o‘zi biriktiradi.

03

To‘lang va keling

Chek Telegramga keladi, darvoza raqamingiz bo‘yicha ochiladi.

Obyekt egalari uchun

Bitta tizim: xarita, kassa, shlagbaum va hisobotlar. Bozor ham, parkovka ham — har birining o‘z filiali va narxi.

Xarita va narxlar

Obyekt xaritasi egasining panelida. Narx kun bo‘yicha belgilanadi, bandlik real vaqtda ko‘rinadi.

Kassa va soliq cheki

Naqd va onlayn to‘lovlar bitta navbatda, chek OFD orqali rasmiylashtiriladi.

Shlagbaum va kamera

ANPR kamera raqamni o‘qiydi, to‘lovi borga darvoza o‘zi ochiladi, qarz yopilmaguncha chiqish yopiq.

Obyektni ulash: +998 97 271 20 25 · @eavtobozoradmin

Qayerdan foydalanish mumkin

Hisobingiz uchtasida ham bitta — qulayini tanlang.